Har bir shablon bir xil ishonchli yo'ldan o'tadi. Siz har bosqichni kabinet yoki bot orqali real vaqtda kuzatib borasiz.
DICOM (CT) va STL (jag' skani) fayllarini bemor ma'lumotlari bilan yuborasiz. Katta fayllar ham qo'llab-quvvatlanadi — yuklash uzilsa, o'zidan davom etadi.
Mutaxassis CT va skanni birlashtirib, implant o'qini, chuqurligini va xavfsiz masofalarni belgilaydi. Shablonning vtulka joylari va nazorat oynachalari loyihalanadi.
Loyiha PDF hisoboti sizga yuboriladi. Siz ko'rib chiqasiz, kerak bo'lsa o'zgartirish so'raysiz. Faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin bosmaga o'tiladi.
Shablon tibbiy smoladan 3D-print qilinadi, yuviladi va UV-apparatda quritiladi (polimerizatsiya). Zarur bo'lsa metall vtulkalar o'rnatiladi.
Tayyor shablon birga chiqadigan pin/sverlo bilan markerlanadi, steril qadoqlanadi va logistika orqali yetkaziladi. Yakuniy rasm va chek kabinetingizda saqlanadi.
Xatolar bosmaga yetib bormasligi uchun ko'p bosqichli nazorat qo'llanadi.
DICOM va STL mosligini, bemor va jag' to'g'riligini boshida tekshiramiz.
Xavfsiz masofalar va o'q joylashuvi ichki tekshiruvdan o'tadi.
Yakuniy qaror doktorda — tasdiqsiz hech narsa bosilmaydi.
Fayllaringizni yuboring — birinchi loyiha hisobotini tez orada olasiz.